O‘zbekistonda turizm xizmatlari hajmi 23,6 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra
Foto: Piqsels

2023-yilning o‘n oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda turizm xizmatlari hajmi 790,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,6 foizga ko‘pdir, deb xabar berdi Statistika agentligi.

Shu bilan birga, umumiy turizm xizmatlari bozorining 74 foizdan ortig’i Toshkent shahri hissasiga to’g’ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, yanvardan oktyabrgacha mamlakatimizga 5,5 million xorijiy fuqarolar tashrif buyurgan. Ulardan 659,6 ming kishi dam olish va hordiq chiqarish maqsadida kelishgan.

Avvalroq Kursiv rossiyalik sayyohlar O‘zbekistondagi qaysi mehmonxonalarda qolishni afzal ko‘rishi haqida yozgan edi.

Shuningdek