Bolalar qamoqdagi ona uchun Nobel mukofotini olishdi
Eronlik huquq faoli Narges Muhammadiyning farzandlari ayollar huquqlarini himoya qilgani uchun berilgan tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Marosim 10-dekabr kuni Osloda bo‘lib o‘tdi va X ijtimoiy tarmog‘ida translyatsiya qilindi.
Tehrondagi Evin qamoqxonasida jazoni o‘tagani uchun Nobel sazovondori o‘rniga o‘g‘li va qizi— 17-yoshli egizaklar Kiana va Ali Rahmoniy Nobel mukofotini olishdi. Sahnada Muhammadiy uchun mo’ljallangan bo’sh stul turdi.
Kiana va Ali Nobel qoʻmitasiga yoʻllangan minnatdorchilik maktubini oʻqib berishdi.
Narges Muhammadi 51 yoshda. Ma’lumoti bo‘yicha u fizik bo‘lib, avval qurilish kompaniyasida muhandis bo‘lib ishlagan. U 90-yillarda inson huquqlari harakatiga qo‘shilgan. 2016-yilda u o‘lim jazosiga qarshi harakatni tashkil etgani va unga rahbarlik qilgani uchun hibsga olingan va 16-yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. U 2022-yilda ozodlikka chiqdi, biroq bir yil o‘tib yana hibsga olindi, «dushmanlik targ‘ibotida» ayblanib, 2,5 yil qamoq va 80 darra urishga hukm qilindi. Bu yilda uning jazo muddati BMTga rasmiy murojaat qilingani uchun oshirilgan.
Avvalroq, «Kursiv» iqtisod bo‘yicha bu yilgi Nobel mukofoti Klaudiya Goldinga berilgani haqida yozgan. U nima uchun ayollar erkaklardan kamroq maosh olishini tushuntirgan.