Dollarning kursi 12 320 so‘mdan yuqoriga ko‘tarildi

eʼlon qilindi
Uning qiymati 15,03 so‘mga oshdi
Foto: Piqsels

11-dekabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 15,03 so‘mga ko‘tarildi va 12 327,01 so‘mni tashkil qildi.

Eng baland narxda AQSh valyutasini Aloqabank va Invest Finance bank moliya institutlari xarid qilishmoqda. Eng past narxda dollarni Kapitalbank sotmoqda.

Umuman olganda, O‘zbekistonning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 250 – 12 310 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 335 – 12 390 so‘mdan sotishmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» 7-dekabr kuni dollarning qiymati 6,81 so‘mga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek