“Hududgazta’minot”: gaz taqchilligi yo‘q

eʼlon qilindi
Kompaniya mutaxassislari gaz ta'minoti bilan bog'liq muammolarni tezda hal qilishadi
Foto: Piqsels

O‘zbekistonda gaz taqchilligi kuzatilmayapti, deb xabar berdi «Xududgazta’minot» kompaniyasi matbuot xizmati.

Korxona mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan jadval asosida mamlakatimizning chekka hududlariga ham suyultirilgan gaz yetkazib bermoqda. 9-dekabr, shanba holatiga ko‘ra, iste’molchilarga 105 million kub metrdan ortiq gaz yetkazib berildi.

«Xududgazta’minot» kompaniyasi mutaxassislari gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni tezkorlik bilan hal etayotganini ta’kidladi.

Bundan bir oy avval Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov O‘zbekistonning gaz konlari ichki yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmasligini aytgan edi.

Joriy yilning o‘n oyida respublikada ko‘k yoqilg‘i ishlab chiqarish qariyb 10 foizga kamayib, 38,9 milliard kub metrni tashkil etdi, deya xabar beradi Statistika agentligi.

Bugungi kunda mamlakatimiz gazni Turkmaniston va Rossiyadan import qilmoqda. Kelgusi yilda O‘zbekiston Respublikasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Qirg‘iziston gaz yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnoma tuzishi mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalarining ish vaqtini cheklagani haqida yozgan edi.

Shuningdek