O‘zbekistonda quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish markazlari ochildi
eʼlon qilindi
Stansiyalar “Yashil energiya” kompaniyasi filiallarida ishga tushirildi
Oʻzbekistonning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Andijon viloyatida quyosh panellari uchun texnik xizmat koʻrsatish markazlari ish boshladi, deb xabar qildi Energetika vazirligi.
«Yashil Energiya» kompaniyasi filiallarida muassasalar ochildi. Bunday stansiyalar O‘zbekistonning 12 viloyatida ishga tushishi kutilmoqda.
Vazirlik ma’lumotlariga koʻra, Andijon va Qoraqalpogʻistonda kichik «yashil» elektr stansiyalari oʻrnatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida «Yashil Energiya» kompaniyasi respublikadagi ijtimoiy muassasalarda 20 dan 100 kVt gacha bo‘lgan kichik quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatishni boshlagan edi.
Avvalroq, «Kursiv» Fransiyaning Voltalia kompaniyasi Xorazm viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurishini e’lon qilgan edi.