O‘zbekiston Xalqaro lakros assotsiatsiyasiga qo‘shildi

eʼlon qilindi
Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan
Foto: Depositphotos

O‘zbekiston World Lacrosse xalqaro sport assotsiatsiyasining 91-a’zosi bo‘ldi. Bu assotsiatsiya saytida e’lon qilingan.

Mamlakatimiz Butunjahon lakrosning mintaqaviy bo‘limi – Osiyo-Tinch okeani lakros ittifoqiga qo‘shildi. Unda 19 ta davlat ishtirok etadi.

«Men O‘zbekistonni lakros oilamizga kirganidan hursandman.Bu yil biz dunyoning turli mintaqalarida o’yinni rivojlantirishda davom etishimizdan juda mamnunman», dedi World Lacrosse bosh direktori Jim Sherr.

Lakros – o‘n kishidan iborat ikki jamoa o‘rtasidagi sport o‘yini. Maqsad – klyushka yordamida to‘pni raqib darvozasiga tashlash.

2023-yil oktabr oyida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi lakrosni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan 2028-yilgi Olimpiada o‘yinlari ro‘yxatiga kiritdi. Ushbu sport turi 1904 va 1908-yillarda Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov basketbol Federatsiyasiga rahbarlik qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek