O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo aylanmasi uchdan biriga oshdi

eʼlon qilindi
Joriy yilning o‘n oyi yakunlari bo‘yicha
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2023-yilning o‘n oyida O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi (Yo‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,8 mlrd dollarni tashkil qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 36% ko‘pdir.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi poytaxtida bo‘lib o‘tgan hamkorlik qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Mamlakatimiz 2021-yildan buyon Yevropa mamlakatlariga eksport hajmini 1,5 barobarga oshirib, 2022-yilda 794,6 mln bo’ldi.

Tomonlar energetika sohasidagi hamkorlikni ham alohida ta’kidladilar. Xususan, Bryussel Toshkentga muqobil energiya sohasida tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam beradi.

Avvalroq, «Kursiv» noyabr oyi oxirida Yevropa ittifoqi O‘zbekiston uchun GSP+ referensiyalarni 2027-yilgacha uzaytirishga qaror qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek