Navoiy viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yer qimirlashining epitsentri — Xatirchi tumani
Foto: vchalup2 /www.depositphotos.com

13-dekabr kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Seysmik prognozlar monitoringi xizmati.

Yer silkinishlari 10 km chuqurlikda sodir bo‘ldi, magnitudasi 4,2 ni tashkil etgan. Ushbu zilzila aks-sadosini Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani aholisi ham his qildi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda «Seysmik havfsizlik sohasi a’lochisi» ko‘krak nishoni ta’sis etilgani haqida yozgan edi. Ushbu nishon bilan mamlakatda seysmologiyani rivojlantirishga hissa qo‘shganlar mukofotlanadi.

Shuningdek