Xitoydagi zilzila qurbonlariga yordam uchun 35 mln dollar ajratildi
Xitoyning Gansu va Tsinxay provinsiyalari yaqinda sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun mamlakat byudjetidan 250 mln yuan (taxminan 35 mln dollar) ajratiladi, deya xabar bermoqda «Sinxua».
Mablag‘lar Xitoy Xalq Respublikasi taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi tomonidan ajratilgan. Pul favqulodda vaziyatlarga javob berish mexanizmini saqlashga yo‘naltiriladi. Bu xom ashyo va zarur tovarlarni uzluksiz tashish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun kuch va vositalarni joylashtirishni nazarda tutadi.
Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. «Kursiv» 100 dan ortiq halok bo‘lganlar haqida xabar bergan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir kun avval Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Gansu va Sinxay provinsiyalarida sodir bo‘lgan zilzilaning halokatli oqibatlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi.