O‘zbekiston va Rossiya tovar ayirboshlash hajmini oshirmoqda

eʼlon qilindi
2030-yilga borib u 20 mlrd dollarga yetishi kerak

Foto: AleksTaurus / depositphotos

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilda 10 mlrd dollardan oshadi, dedi Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi savdo vakili Konstantin Zligostev.

«O‘zaro tovar ayirboshlash dinamikasi ijobiy, o‘tgan yili (…) 9,3 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bu yil biz 10 mlrd dollarlik ko‘rsatkichdan ishonch bilan oshib ketamiz», — deya Zligostevning so‘zlarini keltiradi TASS.

Uning tushuntirishicha, yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni kamida ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan. 2030-yilga borib tovar ayirboshlash hajmi 20 mlrd dollarga yetishi kerak. Gap, jumladan, yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish haqida bormoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Rossiya savdo missiyasi Qoraqalpog‘iston bilan mintaqalararo hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek