Xitoy yuqori texnologiyali mahsulotlar eksporti ustidan nazoratni kuchaytiradi

eʼlon qilindi
AQSH’ning shunga o‘xshash choralariga javoban
Foto: Xinhua

Texnologiya sohasida Xitoy va Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) o‘rtasidagi raqobat kuchayishda davom etmoqda. Amerika chiplari eksporti ustidan nazoratni kuchaytirgandan so‘ng, Xitoy yuqori texnologiyali mahsulotlarga nisbatan xuddi shunday choralar ko‘rishga qaror qildi, deb yozadi South China Morning Post.

Payshanba kuni Xitoy Fan va texnologiyalar vazirligi eksport cheklovlari mavjud bo‘lgan tovarlarning yangilangan katalogini e’lon qildi. Bunga lazerli radarlar, dronlar va biotexnologik mahsulotlar kiradi.

Iyul oyida Pekin galliy va germaniy, shuningdek, ularning ayrim birikmalarini eksport qilishga cheklovlar kiritdi.

Cheklovlar «milliy xavfsizlik, jamoat manfaatlari va jamoat axloqini himoya qilish» uchun mo‘ljallangan.

Avvalroq,«Kursiv» AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpinning yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek