Samarqandda o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi 12 milliard so‘mdan oshdi
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni (taxminan 12,3 milliard so‘m) tashkil etdi, deb xabar berdi «Olamsport.uz». Xalqaro turnir 25-30 dekabr kunlari bo’lib o’tadi.
Erkaklar o’rtasidagi blits va rapid musobaqalarida g’olib bo’lganlar 350 ming dollar, ayollar esa 150 ming dollar oladi.
Eslatib o‘tamiz, FIDE joriy yilning noyabr oyi o‘rtalarida mamlakatimizda rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatini e’lon qilgan edi. Magnus Karlsen, Nodirbek Abdusattorov, Levon Aronyan va boshqa taniqli shaxmatchilar xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi.
Avvalroq Kursiv fransiyalik shaxmatchi Alireza Firuzja Samarqandda shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortgani haqida yozgan edi.