Tailand elektromobillari ishlab chiqarish markaziga aylanishni xohlaydi

eʼlon qilindi
2030-yilga borib bu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning 30 foizga yaqini elektr energiyasida ishlaydi
Rasm: Unsplash

Tailand hukumati mamlakatda elektromobillar ishlab chiqarishni rivojlantirishga 34 milliard bat (970 million dollar) sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Thailand Business News.

Xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun import bojlari va aktsiz solig’i kamaytiriladi. Buning evaziga xorijiy kompaniyalar 2027-yilgacha elektromobil ishlab chiqarishni Tailandga ko’chirishlari kerak bo’ladi. Tailand o’zini bozorda asosiy o’yinchi sifatida ko’rsatmoqda.

2030-yilga borib bu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning 30 foizga yaqini elektr energiyasida ishlaydi. Kelgusi to‘rt yilda mamlakatda 830 ming dona shunday mashina yig‘ilishi rejalashtirilgan. Ushbu chora-tadbirlar davlatga 2050 yilgacha uglerod neytralligiga erishishga yordam berishi kerak.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda 2024-yilda elektromobillar ishlab chiqaradigan zavodni ishga tushirmoqchi ekanliklarini yozgan edi.

Shuningdek