OTP Bankning Ipoteka-bankdagi ulushi qariyb 80 foizgacha oshdi

eʼlon qilindi
Vengriya banki qo‘shimcha ravishda 70 million dollar sarmoya kiritdi
Фото: «Ипотека-банк»

Vengriya OTP banki O‘zbekiston Ipoteka-bankiga qo‘shimcha ravishda 70 million dollar sarmoya kiritdi.

Shu maqsadda 844,6 milliard dona oddiy aksiyalar paketi chiqarildi. Shunday qilib, OTP Bankning Ipoteka bankidagi ulushi 79,6% gacha ko’tarildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Vengriya banki O‘zbekiston bankining 75 foiz ulushini sotib olishga rozi bo‘lgan edi. Uch yil ichida Vengriyaning moliyaviy instituti qolgan ulushga ega bo’ladi.

OTP Bank 1949 yilda tashkil etilgan. Bank Markaziy va Sharqiy Yevropa moliya bozorining asosiy ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Shu yilning may oyida Ukraina hukumati OTP Bankni urush homiylari ro’yxatiga kiritdi. Oktyabr boshida Kiyev bankni ushbu hujjatdan chiqarib tashladi.

Avvalroq, «Kursiv» joriy yilning avgust oyida OTP bank boshqaruvi raisi Shandor Chani «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlanganini yozgan edi.

Shuningdek