Xiaomi o‘zining ilk elektromobilini qachon taqdim etishi ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
U HyperOS operatsion tizimida ishlaydi
Foto: Xiaomi

28-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da Xiaomi kompaniyasi o‘zining ilk elektromobilini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya direktori Ley Jun X (Twitter) orqali ma’lum qildi.

Avtomobil BYD kompaniyasining energiya tejovchi LFP akkumulyatoridan foydalanadi. Ular uchta versiyani chiqarishni rejalashtirmoqda: Xiaomi SU7, SU7 Pro va SU7 Max. Ular HyperOS operatsion tizimida ishlaydi.

Elektromobil 265 km/soat tezlikka erishadi. U aqlli qulfni ochish funksiyasi bilan jihozlangan, yon stendga esa yuzni tanish tizimiga ega kamera o‘rnatilgan.

Loyihaga 1,4 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan Xiaomi o‘z avtomobillari bozorida yetakchi o‘rinni egallash va Tesla bilan raqobatlashish niyatida.

Xiaomi – Xitoy texnologiya korporatsiyasi. 2021 yilda kompaniya smartfon ishlab chiqarish bo’yicha yetakchiga aylandi.

Avvalroq, «Kursiv» Xiaomi kompaniyasi yangi HyperOS operatsion tizimini ishlab chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek