2024-yilda qancha O‘zbekiston fuqarolari Rossiya OTMlariga byudjet asosida o‘qishga kirishlari mumkin bo‘ladi

eʼlon qilindi
Respublika hududida Rossiya universitetlarining 14 ta filiali faoliyat yuritmoqda
Foto: Pixabay

Rossiya 2024-yilda O‘zbekiston fuqarolari uchun OTMlarda byudjet hisobidan 800 ta o‘rin ajratadi, dedi Rossiyaning O‘zRdagi elchisi Oleg Malginov.

Diplomat mamlakatimiz Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni bo‘yicha yetakchi ekanligini ta’kidladi. Bugungi kunda ushbu mamlakatda 53 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi tahsil olmoqda. Shulardan 4 ming nafar hamyurtimiz tibbiyot sohasini tanladi.

Malginov, shuningdek, bugungi kunda respublikada Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 14 ta filiali faoliyat yuritayotganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning fevral oyida Rossiya Taʼlim va fan vazirligi mamlakatimizdagi universitetlar filiallarini koʻpaytirish rejalarini eʼlon qilgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Janubiy Koreyadagi talabalar soni bo‘yicha yetakchi 3 ta davlatga kirganini yozgan edi.

Shuningdek