Samarqandda blitz turniriga start berildi. Jahongir Vohidov Magnus Karlsen bilan durang o‘ynadi

eʼlon qilindi
Nodirbek Abdusattorov birinchi turda Arseniy Nesterev’ga imkoniyatni boy berdi
Foto: Roman Fedotov / Kursiv

Bugun, 29-dekabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan shaxmat jahon chempionati blitz bo‘yicha turnir boshlandi.

Vatandoshimiz Jahongir Vohidov blitz bo‘yicha birinchi turda Nikolay Averin ustidan ishonarli g‘alabaga erishdi. Ikkinchi turda esa norvegiyalik Magnus Karlsen bilan durang o‘ynadi. Uchinchi turda fransiyalik Maksim Vashye Lagrav‘ga mag‘lub bo‘ldi.

Nodirbek Abdusattorov birinchi turda Arseniy Nesterev’ga imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi turda esa Tigran Harutunyan ustidan g‘alaba qozondi. Uchinchi turda Yuriy Kozubovga yutqazdi.

Magnus Karlsen Sergey Grigoryan‘ni yutdi. Uchinchi turda Maksim Tsaruk’dan ochkoni olib qoydi.

Birinchi turda Yan Nepomnyashiy Aleksandr Rahmanov bilan durang natijasini qayd etdi. Ikkinchi turda esa xitoylik shaxmatchini mag‘lub etdi. Navbatdagi turda Aleksey Dreyev bilan durangga kelishishdi.

Ayollar o‘rtasida Umida Omonova qozog‘istonlik raqibi Nurgali Nazerke’ga yutqazib qo‘ydi. Ikkinchi turda esa Yan Tianqi ustidan g‘alabani ilib ketdi. Uchinchi turda Amina Kairbekova‘ni mag‘lub etdi.

Rapid bo‘yicha jahon chempioni Anastasiya Bodnaruk Leyla Shoxradova’ni blitz’da mag‘lub etdi. Ikkinchi turda esa Anna Matnadze’ga imkoniyatni boy berdi. Uchinchi turda Ayan Allahverdieva’ni yutdi.

Avvalroq, «Kursiv» FIDE prezidenti bilan o‘zbekistonlik shaxmatchilar haqida suhbatlashgan edi.

Shuningdek