Umida Omonova: «Menga qiziqarli va qiyin bo‘lgan partiya bu yetti kara jahon chempioni xitoylik Ju Ven Ju ustidan g‘alaba qozonganim»
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan rapid va blitz bo‘yicha jahon chempionatida «Kursiv» Umida Omonova bilan suhbatlashdi.
Omonova ushbu chempionatda o’zi uchun eng qiyin bo’lgan g’alaba haqida gapirar ekan, oltinchi turda xitoylik Ju Ven Ju bilan o’yinini qayd etdi.
«Menga qiziqarli va qiyin bo‘lgan partiya bu yetti kara jahon chempioni xitoylik Ju Ven Ju ustidan g‘alaba qozonganim. Oq donalarda o‘ynadim, boshida yaxshi vaziyatda edim. O‘yinni o‘rtasida mat qilmoqchi edim, ammo otimni yeb qo‘ydi, lekin baribir partiyada yutdim», – dedi u.
Shaxmatchi, shuningdek, qaysi biri o’ynash qiyinroq, rapid yoki blits ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rapid yo‘nalishida qiyinroq bo‘ldi. Chunki rapid‘da vaqt koproq beriladi kombinatsiyalrni o‘ylash uchun vaqt ko‘proq ketadi. Rapid va klassika o‘hshaganligi uchun u qiynaldi.
«Bundan oldin Osiyo chempionatida blitz bo‘yicha qatnashgan edim, turnirda 18-yoshgacha ayollar o‘rtasida bo‘lgan blitz bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan edim. O‘ylashimcha bu yerda kuchli shaxmatchalar yig‘ilgan. Bular bizni taktikamizni bilishgan. Biz oldindan tayyorgarlik ko‘rdik, biroq bu bizga qiyin bo‘ldi, chunki raqiblarimiz yangi [strategiyalar] ishlab chiqishdi”, — dedi Omonova.
2026-yildagi Olimpiada ishtirok etash haqida u shunday dedi: «2026-yildagi Olimpiadada asosiy jamoada ishtirok etish niyatim bor. Ungacha bo‘ladigan vaqtda esa xalqaro erkaklar ichida grossmeyster unvoni olmoqchiman. Keyingi yil bo‘ladigan Vengriya poytaxti Budapesht’da bo‘lib o‘tadigan Olimpiada yaxshi natijalar ko‘rsatish niyatim bor».
Chempionat haqidagi taassurotlari haqida gapirar ekan, u shunday dedi: «Tassurotlarim juda ham katta, chunki bizning vatanimizda bo‘lib o‘tmoqda. Bundan oldin Qozog‘istonda bo‘lgan jahon chempionatda ham ishtirok etdim. Yana bu nufuzli turnirda eng kuchli shaxmat ustalari ishtirok etishdi va ular bilan dona surganimdan juda ham hursandman».
Avvalroq, «Kursiv» Magnus Karlsen blitz yo‘nalishida jahon chempioni bo‘ldi, deb e’lon qilgan edi.