O‘zbekistonning qaysi shaharlari mahalliy sayyohlarni ko‘proq jalb qiladi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) O‘zbekistonning qariyb 1,3 ming aholisi orasida mamlakatning qaysi turistik joylari ular uchun jozibali ko‘rinishini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazdi. Tadqiqot natijalari institutning Telegram-kanalida e’lon qilindi.
Ma’lum boʻlishicha, o‘zbekistonliklar mamlakat bo’ylab sayohatlarning deyarli yarmini to’rtta hududga amalga oshiradilar. Bular Toshkent va Toshkent viloyati, Buxoro va Samarqand shahri.
Respondentlarning 80% dan ortigʻi Oʻzbekiston boʻylab mustaqil sayohat qilishini aytdi. Taxminan 15% ish beruvchi tomonidan tashkil etilgan sayohatlarga boradi. Faqat 2,4% turoperatorlar xizmatlaridan foydalanadi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston shaharlaridagi hayot sifatini o‘rganish haqida xabar bergan edi.