Ikki kunlik pasayishdan so‘ng dollarning kursi 13 so‘mga ko‘tarildi

eʼlon qilindi
Bugun uning qiymati 12 355,16 so‘mni tashkil qildi
Foto: benscripps / Pixabay

5-yanvar kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarni qiymati 13,62 so‘mga ko‘tarildi va 12 355,16 so‘mni tashkil qildi. Mamlakatning Markaziy banki ham AQSh valyutasini shu darajada belgiladi.

Bugun Respublika tijorat banklari dollarni 12 280 – 12 350 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 355 – 12 415 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dollarning qiymati o‘tgan ikki kun davomida pasayib kelayotgan edi. 3-yanvar kuni uning kursi 7,74 so‘mga, 4-yanvar kuni 3,58 so‘mga tushgan edi.

Shuningdek