Yevropa Ittifoqi imtiyozlari O‘zbekistonga elektrotexnikani eksport qilishda yordam berdi
2023-yilda O‘zbekistonda 23,8 trln so‘mlik (1,9 mlrd dollar) elektrotexnika ishlab chiqarildi va bu hajmning qariyb yarmi (1 mlrd dollar) eksport qilindi, dedi «O‘zeltexsanoat» matbuot xizmati rahbari Namoz Tolipov.
Uning sozlariga ko‘ra, 95 korxona 68 davlatga 202 turdagi mahsulot eksport qilgan. 18 korxona birinchi marta bunday imkoniyatga ega bo‘lishdi. Uyushma vakili, shuningdek, GSP+ imtiyozlari ishlab chiqaruvchilarga Yevropa bozorini rivojlantirishga yordam berganini aytdi. O’tgan yil davomida Buyuk Britaniya, Germaniya, Chexiya, Fransiya, shuningdek, boshqa mamlakatlarga, masalan, BAAga etkazib berish boshlandi. Yevropaga 55 mln dollarlik mahsulot sotildi.
Uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalarda 85,3 ming tonna mis xomashyosi qayta ishlandi. Natijada 9,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 605 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Investitsiya dasturiga 191,5 mln dollar ajratilgan bo‘lsa, shundan 88,3 mln dollari xorijiy investitsiyalardir.
Avvalroq, «Kursiv» Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston uchun GSP+ imtiyozlarini 2027-yil 31-dekabrgacha uzaytirishga qaror qilgani haqida yozgan edi.