Oʻzbekistonda tugʻilish kamaydi

eʼlon qilindi
Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi
Foto: evgenyataman/www.depositphotos.com

Oʻzbekistonda 2023-yilda 968,1 ming nafar chaqaloq tugʻildi. Tugʻilish koʻrsatkichi 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,8 foizga kamaygan.

Oʻtgan yili dunyoga kelgan chaqaloqlarning 501,5 ming nafari qiz bolalar, 466,5 ming nafari esa oʻgʻil bolalardir. Bu haqida Adliya vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Hududlar boʻyicha tugʻilishning eng yuqori koʻrsatkichi Samarqand (114,4 ming), Fargʻona (107,6 ming) va Qashqadaryo (102,3 ming) viloyatlarida qayd etilgan. Eng kam tugʻilish koʻrsatkichi esa Sirdaryo viloyatida kuzatilgan boʻlib, oʻtgan yil davomida hududda 23,4 ming nafar chaqaloq dunyoga kelgan.

Avvalroq, «Kursiv» oʻzbekistonliklar farzandlariga koʻproq qanday ismlar qoʻyayotganlari haqida yozgandi.

Shuningdek