Jizzaxda kuchli shamol hokimiyat binosi tomini uchirib ketdi: 6 ta avtomobil zararlangan – video
eʼlon qilindi
Hodisa Forish tumanida sodir boʻlgan.
Jizzax viloyatining Forish tumanida kuchli shamol hokimiyat binosi tomini uchirib ketdi.
Hodisa 10-yanvar kuni soat 10:20 da sodir boʻlgan. 24 m/s tezlikda esgan shamol majlislar zali tomining bir qismini uchirib yuborgan.
Oqibatda tomning metall va yogʻoch qismlari avtoturargohdagi 6 ta mashina ustiga kelib tushgan. Hodisa oqibatida fuqarolarga hech qanday zarar yetmagan.
Ayni vaqtda talafotni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.
Avvalroq, Buxoroda chang boʻroni tufayli ikkita samolyot oʻz yoʻnalishini oʻzgartirgani haqida xabar berilgan edi.