G‘arb davlatlari Yaman husiylarining pozitsiyalariga zarba berdi
AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi husiylarning pozitsiyalariga zarba berdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Avvalroq, Yaman husiylari Qizil dengizdagi kemalarni bir necha bor o‘qqa tutgan edi.
«Bizning maqsadli zarbalarimiz Qo‘shma Shtatlar va hamkorlar hujumlarga toqat qilmasliklari yoki dushman tomonlarning navigatsiya erkinligini buzishiga yo‘l qo‘ymasliklari haqida aniq signal beradi», — agentlik AQSh prezidenti Jo Baydenning so‘zlarini keltiradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, agar kerak bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Husiylar orasida bu hodisani «Amerika-sionist-Britaniyaning tajovuzkorligi» deb atashdi.
Avvalroq, «Kursiv» hutiy hujumlari jahon dengiz savdosining deyarli 20%ini to‘xtatgan,deb xabar bergan edi. Vaziyat jahon neft narxiga ta’sir qildi.