O‘zbekistonning yuzdan ortiq fuqarosini Qirg‘izistonga kiritishmadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ular qolish muddatini nolga qaytarishni hohlashgan
Foto: 24kg

Qirgʻizistonga kirish qoidalarini buzgani uchun Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasini kesib oʻtishga uringan 136 nafar OʻzR fuqarolari rad javobiga duch keldi, deb xabar beradi «24kg» chegara xizmati xodimiga tayanib.

O‘tgan yilning oktabr oyida Qirg‘izistonda xorijiy fuqarolarining vaqtinchalik yashash qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgan edi. Yangi tartibga ko‘ra, agar xorijlik 60 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmasdan mamlakatda qolsa, u viza olishi yoki mamlakatni tark etishi kerak. Ketishdan keyin qaytish faqat 60 kundan keyin mumkin bo‘ladi.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasida o‘tkazilmagan fuqarolar qoidalarni chetlab o‘tib, vaqtinchalik yashash muddatini tiklashga uringan.

Vizani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qolish maqsadini ko‘rsatish va ish beruvchi bilan kelishuvni taqdim etish kerak bo‘ladi. Ariza onlayn tarzda ham topshirilishi mumkin. Qirg‘izistonga 90 kungacha vizasiz tashrif buyurishga ruxsat berilgan fuqarolarga nisbatan muddatlar «90/180» tamoyili bo‘yicha hisoblanadi.

Ushbu qoidaning asosiy maqsadi xorijliklarning Qirg‘izistonda zarur hujjatlarsiz qolishining oldini olishdir.

Avvalroq, «Kursiv» Qirg‘iziston O‘zR bilan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qilgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek