Ispaniyanig yirik banklaridan biri O‘zbekistonda ochilishi mumkin

eʼlon qilindi
O‘zbekistondagi istiqbolli investitsiya loyihalariga 500 mln dollar ajratmoqchi
Foto: PR-PhotoDesign / depositphotos.com

O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida Yevropaning beshta yirik banklaridan biri hisoblangan Santander bankining mintaqaviy menejeri David Plaza bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi «Dunyo».

Ispaniyaning yirik banki Santander O‘zbekiston bank bozoriga kirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va O‘zRdagi istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 500 mln dollar miqdorida kredit mablag‘larini ajratishga tayyor.

Bankning mintaqaviy menejeri David Plaza Santanderning dunyodagi aktivlari hajmi va eksport-import operatsiyalari sohasida tuzilgan bitimlar soni bo‘yicha yetakchiligini ta’kidladi. 2023-yilga kelib, bankning umumiy aktivlari 1,8 trln yevroga yetdi.

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyati Ispaniya bankining O‘zbekistonda vakolatxonasi ochilishini tezlashtirish omili bo‘ladi, deb takidlandi uchrashuv ohirida.

Avvalroq, «Kursiv» Qozog‘iston Yevroosiyo banki O‘zbekistonda litsenziya oldi, deb e’lon qilgan edi.

Shuningdek