16-yanvar kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                                    
                
                                    
                        “Oʻzgidromet” 16-yanvar uchun ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi
                    
                            
16-yanvar kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida, xususan Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutiladi. Havo harorati 2-7 daraja iliqni tashkil etadi. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomgʻir va qor yogʻishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, havo harorati 2-4 daraja iliqni tashkil etadi.
Togʻli hududlarda qor yogʻib, quyuq tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi saqlanib qoladi.
