Prezident administratsiyasi vakili Mahallalar uyushmasi raisi etib saylandi

eʼlon qilindi
Uyushmani tashkil etish toʻgʻrisidagi farmon davlat rahbari tomonidan imzolangan
Foto: «O’zА»

Qahramon Quronboyev Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi etib saylandi. Bu haqida «OʻzA» xabar berdi.

Tashkilotni taʼsis etishga bagʻishlangan konferensiya ishtirokchilari uning rahbari lavozimiga Quronboyev nomzodini bir ovozdan maʼqullashgan. Uyushma butun respublika boʻylab joylashgan mahallalarni birlashtirishi rejalashtirilgan.

Qahramon Quronboyev ushbu lavozimiga saylanguniga qadar Prezident administratsiyasi huzuridagi Yoshlar siyosati departamenti rahbari lavozimida faoliyat olib borgan. U mazkur lavozimda 2023-yilning avgust oyidan 2024-yilning yanvar oyigacha ishlagan.

Mahallalar uyushmasini taʼsis etish haqidagi prezident farmoni oʻtgan yilning oxirida imzolangan edi. Yangi tashkilot zimmasiga Oʻzbekiston boʻylab joylashgan 9 mingdan ortiq mahallani rivojlantirish vazifasi yuklatilgan.

Bundan tashqari, uyushma milliy qadriyatlar va anʼanalarga nisbatan chuqur hurmat hissini targʻib qilish bilan shugʻullanadi.

Avvalroq, «Kursiv» Sogʻliqni saqlash vaziri birinchi oʻrinbosari Alisher Shodmonovning taʼtilga chiqishi munosabati bilan uning vazifalari Prezident administratsiyasi vakili zimmasiga yuklatilishi haqida yozgandi.

Shuningdek