Investitsiyalar vaziri Jamshid Xoʻjayev lavozimidan ayrilishi mumkin

eʼlon qilindi
Prezident Xoʻjayevga chorak yakuniga qadar vaqt berdi
Foto: OʻzR Prezidenti matbuot xizmati

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Jamshid Xoʻjayev oʻz lavozimidan ayrilishi mumkin. Prezident Xoʻjayev chorak yakuniga qadar investitsiyalar sohasida oʻzgarish qilmasa, uning oʻz lavozimiga loyiqligi masalasi koʻrib chiqilishini aytib ogohlantirdi.

Davlat rahbari investitsiyalar tizimida juda koʻp muammolar mavjud ekanligini sanab oʻtdi. Misol uchun, oʻtgan yili yalpi ichki mahsulot ham, sanoat ham 6 foizga oʻsgan. Biroq, tovarlar eksportida kutilganidek oʻsish boʻlmagan.

Bundan tashqari, hududlarda moliyalashtirish toʻliq yakunlangan 8 trillion soʻmlik 1 mingta loyiha haligacha ishga tushmagan.

Tizimda kamchiliklar hamda sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari B.Abidov, shuningdek Texnik tartibga solish agentligi rahbari D.Sattarov ishdan boʻshatildi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev yalpi ichki mahsulotni ichki bozorning oʻzi hisobiga oshirish imkonsiz ekanligini aytib oʻtgandi.

Shuningdek