Mirziyoyev transport vaziriga ogohlantirish berdi

eʼlon qilindi
Logistika muammolari tufayli
Foto: Milliy Olimpiya Qo‘mitasi

Transport vazirligi rahbari Ilhom Mahkamov logistika bilan bog‘liq muammolar tufayli prezident Shavkat Mirziyoyevdan ogohlantirish oldi.

Xususan, haydovchilar viza muammosiga duch kelmoqda, portlarda eksport mahsulotlarini saqlash uchun terminallar mavjud emas.

Davlat rahbari, shuningdek, muhim temir yoʻl yoʻnalishlarini yaratish, mahalliy tashuvchilar uchun viza rejimini yengillashtirish boʻyicha ishlarni faollashtirish zarurligini ta’kidladi.

Prezident elchilar va savdo vakillari Oʻzbekiston tovarlarini yetkazib berish uchun yangi tashqi bozorlarni qidirmayotganini taʼkidladi. Shu sababli 13 davlatga eksport kamaydi.

Avvalroq, «Kursiv» Investitsiyalar vazirligi rahbari o‘rinbosari va Texnik tartibga solish agentligi bosh direktorini ishdan bo‘shatganini yozgan edi.

Shuningdek