“O‘zto‘qimachiliksanoat” Xitoyda vakolatxona ochadi

eʼlon qilindi
Mart oyida ochiladi
Foto: Plov.Press

Xitoyning Urumchi shahrida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining vakolatxonasi ochiladi, deb xabar qildi uyushma matbuot xizmati.

Vakolatxona 2024-yilning mart oyida Paxta va toʻqimachilik savdo markazida oʻz faoliyatini boshlaydi.

«O‘zto‘qimachiliksanoat» aksiyadorlik jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Xitoy bozoriga asosan ip kalavasini yetkazib beradi. Xitoy esa sun’iy va sintetik tolalar jo‘natadi.

Ayni paytda Xitoyda O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining uchta savdo uyi faoliyat yuritmoqda.

2023-yilda O‘zbekiston xorijga 3 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib bergan, bu o‘tgan yilga nisbatan 3,8 foizga kam bo’lgan. Eksportning asosiy qismini ip-kalava (41,1 foiz) va tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (40 foiz) ni tashkil etgan.

Avvalroq, «Kursiv» Belarusning Smorgon shahrida o‘zbek paxtasidan ip-kalava ishlab chiqaruvchi korxona ochilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek