Dollarning kursi 12 435 so‘m darajasigacha ko‘tarildi
eʼlon qilindi
Uning qiymati 16,99 so‘mga o‘sdi
23-yanvar kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 12 435,00 so‘mni tashkil qildi. Bugun AQSh valyutasining narxi 16,99 so‘mga ko‘tarildi.
Respublika tijorat banklari dollarni 12 355 – 12 410 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 440 – 12 480 so‘mdan sotishmoqda.
Eng baland narxda dollarni Poytaxt bankda sotish mumkin. Eng foydali narxda dollarni NBU va Octobankda xarid qilish mumkin.
Avvalroq, Kursiv AQSh valyutasining qiymati 11,01 so‘mga ko‘tarilgani haqida yozgan edi.