Shavkat Mirziyoyev Xitoyda qanday kutib olindi?

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Aeroportda davlat rahbarini XXR Madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli qarshiladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Xitoyga yetib bordi. Bu haqida prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

Aeroportda davlat rahbarini XXR Madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Shoudu» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Bugun, 24-yanvar kuni Oʻzbekiston prezidenti Pekinda XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar, shuningdek Xitoyning rasmiy shaxslari va tadbirkorlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shuningdek