Pekinda “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” spektakli namoyish etildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Premyera Xitoy milliy opera teatri sahnasida bo‘lib o‘tdi
Foto: Yuz.uz

Pekinda «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» balet spektaklining premyerasi boʻlib oʻtdi. Spektakl Xitoy milliy opera teatri sahnasida bo’lib o’tdi.

So‘nggi yillarda balet Rossiya, Turkiya, BAA va Germaniyada namoyish etilgan. Xorazm raqsi hikoyasini xoreograf Raimondo Rebek boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy balet truppasi ijro etmoqda.

Xitoy poytaxtidagi spektakl O‘zRning XXRdagi madaniyat kunlari doirasida bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, spektakl o‘tgan yozda Sankt-Peterburgdagi Aleksandrinskiy teatri sahnasida taqdim etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil dekabr oyida «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida rossiyalik dirijyor Valeriy Gergiev boshchiligida Mariinskiy teatri simfonik orkestri konserti bo‘lib o‘tgan edi.

Shuningdek