YTTB O‘zbekistonga ayollar biznesini rivojlantirishda yordam beradi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va gender tengligini qo‘llab-quvvatlaydi, dedi bankning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Hargitay.
Memorandumni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va YTTB rahbari Odil Renaud-Basso imzolashdi.
Xususan, o‘zbekistonlik ayol tadbirkorlar uchun Moliya kodeksi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Uning tashkil etilishi mikro, kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi.
YTTB va Toshkent axborotni tahlil qilish uchun xususiy va davlat sektorlarini ham jalb etish niyatida. Ma’lumotlar to‘plash ayollar biznesini moliyaviy qo’llab-quvvatlash yetishmasligini bartaraf etishga yordam beradi.
Avvalroq, «Kursiv» 2022-yilda ayollar boshchiligidagi kichik korxona va mikrofirmalarning daromadi 31,7 trln so‘mga yetganini yozgan edi.