2023-yilda o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga ko‘chib o‘tdi

eʼlon qilindi
Asosiy qismi Qozog'iston va Rossiya Federatsiyasiga ko'chib o'tdi
Foto: happyalex/Depositphotos

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil oxirida Oʻzbekistondan 17,3 ming kishi chet davlatlarga ko‘chib o‘tgan.

O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati Qozog‘istonga — 14 ming kishi, Rossiyaga – 2,6 ming kishi, Janubiy Koreyaga – 107 kishi ko‘chib ketgan.

Shu bilan birga, yashash joyini o‘zgartirgan O‘zbekiston fuqarolarining 81,4 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilardir.

O‘zbekistonga doimiy yashash uchun 2,9 ming kishi kelgan. Ularning asosiy qismini ruslar tashkil etadi – 1,1 ming.Keyingi o’rinlarda Qozog’iston — 726 va Tojikiston — 286 kishi.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2,2 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek