“Noqonuniy kesilgan har bir daraxt o‘rniga 100 ta ko‘chat ekish” tizimi joriy etiladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining shaharga tutash tumanlari “yashillik bilan qoplanadi”
                    
                            
Prezident Shavkat Mirziyoyev Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi va viloyat hokimlariga «Noqonuniy kesilgan har bir daraxt o‘rniga 100 ta ko‘chat ekish» tizimini joriy qilish vazifasini topshirdi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Ohangaron va Yangiyo‘l hududida joylashgan sobiq chiqindi poligonlarida yashil bog‘lar barpo etiladi. O‘zidan zararli chiqindilarni ko‘p chiqarayotgan korxonalar bilan maxsus dastur bo‘yicha ishlanadi.
Prezident kelgusi 5 yil ichida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining shaharga tutash bo‘lgan tumanlari yashillik bilan qoplanishi, buning uchun kamida 3 ming gektar yerda «yashil belbog‘», 200 gektar yerda «yashil bog‘lar» tashkil etilishini maʼlum qildi.
