O‘zbekistonda o‘ndan ortiq lizing kompaniyasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Oʻzbekistonda 12 ta lizing kompaniyasiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi, deb xabar qildi Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi.
So‘nggi paytlarda lizing kompaniyalariga fuqarolardan 2 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. Ko’pincha shikoyatlar murojaat etuvchilar kompaniyalar xizmatlari uchun oldindan to’lovlarni amalga oshirganligi, ammo va’da qilingan avtomobillarni o’z vaqtida olmaganligi bilan bog’liq.
Natijada Umid auto leasing, Umid lizing Tashkent, Umid auto, Umid avto Tashkent, Umid avto lizing, Mega Avto Leasin-Hamkor, Mega Avto Leasin, Samo Rimmax Avto, Rimmax Auto Leasin, Ishonch Auto Leasin, Asr Auto Leasin, Baraka Avto Baraka Business kompaniyalariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda O‘zbekistonda 395 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu 2022-yilga nisbatan 25,9 foizga ko‘pdir.
Avvalroq, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida aholi avtomobil ijarasi xizmatlariga ko‘proq murojaat qilayotgani xabar qilingan edi.