FlyDubai aviakompaniyasining parvozi Toshkentda kechiktirildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        24 soatga kechiktirildi
                    
                            
Chorshanba kuni ertalab Toshkentdan Dubayga jo‘nab ketishi kerak bo‘lgan FlyDubai arab aviakompaniyasining samolyoti aeroportda kechiktirildi. Gap, FZ1942 reysi haqida ketmoqda, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Samolyot ertaga, 1-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:30da parvoz qilishi kutilmoqda. Reysgacha yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtiriladi.
Parvoz texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi.
Yanvar oyida «Kursiv» tuman tufayli Toshkent aeroportida samolyotlarni qabul qilish bilan bog‘liq muammolar haqida yozgan edi.
