Endi «Tashabbus byudjeti»da faqat bir marta ovoz berish mumkin bo’ladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Ushbu chora 1 martdan joriy etilishi mumkin
Foto: «Kursiv» / Roman Fedotov

O‘zbekistonda «Tashabbus byudjeti»da ovozlarni yig‘ishda «Bir fuqaro – bir ovoz» tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. O‘zgartirish «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi loyihasida belgilab berilgan.

Endilikda hamma loyiha uchun faqat bir marta ovoz berishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu chora 1 martdan joriy etilishi mumkin. Shu bilan birga, «Raqamli hukumat» loyihalarini boshqarish markazi ovoz berish jarayonida fuqarolarni aniqlashi rejalashtirilgan.

Bu yilgi tashabbus byudjeti 1 fevraldan boshlanadi. Joriy mavsum uchun 3 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Bitta loyiha uchun maksimal 1,36 milliard so‘m so‘rash mumkin.

Tashabbus byudjeti 2021 yilda ishga tushirilgan. Loyiha O‘zbekiston fuqarolariga infratuzilmani yaxshilash, bolalar maydonchalari qurish, yo‘llarni, maktablar va bolalar bog‘chalarini ta’mirlash bo‘yicha tashabbuslar bilan chiqish imkonini beradi.

Shuningdek