Click aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi

eʼlon qilindi
KAP DEPo investitsiya kompaniyasi transformatsiyaga yordam beradi
Foto: Piqsels

Click toʻlov tizimi aksiyadorlik jamiyatiga (OAJ) aylantiriladi, deb xabar qildi KAP DEPO investitsiya kompaniyasi.

KAP DEPO, shuningdek, Clickni mas’uliyati cheklangan jamiyatdan (MChJ) AJga aylantirishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yilning noyabr oyida qaror imzolagan edi, unga ko‘ra, 2024-yil 1-iyuldan boshlab mamlakatimizdagi barcha to‘lov tizimlari va tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritishi shart.

Click 2011 yilda yaratilgan. O‘tgan yilning noyabr oyida ushbu to‘lov tizimi Google Play’da eng ko‘p yuklab olingan fintech ilovasiga aylandi.

Avvalroq, Kursiv 2023-yil iyul oyi o‘rtalarida Click O‘zbekistonda eng ommabop to‘lov tizimiga aylangani haqida yozgan edi.

Shuningdek