Euroasia Life Insurance litsenziyasidan ayrildi

eʼlon qilindi
2 fevraldan boshlab
Foto: aymane jdidi / Pixabay

2 fevraldan boshlab Euroasia Life Insurance sugʻurta kompaniyasining litsenziyasi bekor qilindi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.

Litsenziya respublikaning «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi Qonunning 33-moddasi va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom»ning 49-bandiga asosan bekor qilindi.

NAPPning aniqlik kiritishicha, Euroasia Life Insurance ilgari tuzilgan shartnomalar bo’yicha majburiyatlarni bajarishi shart.

Euroasia Life Insurance kompaniyasi 2018-yil sentabr oyida roʻyxatdan oʻtgan va hayotni sugʻurtalashga ixtisoslashgan. Kompaniyaning ustav kapitali 35 milliard so’mdan oshadi. Rahbari – Ravshanjan Hamidov.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekiston Umra safarini tashkil etish bilan shug‘ullangan olti kompaniyaning litsenziyasini to‘xtatilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek