O‘zbekiston va Belarus biatlonchilar va bokschilarni birgalikda tayyorlashadi

eʼlon qilindi
Va boshqa sport turlari bo‘yicha ham
Foto: arturdidyk@gmail.com/Depositphotos

O‘zbekiston va Belarus sportchilarni o‘zaro tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdi, dedi Belarus sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk.

Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoning mamlakatimizga tashrifi doirasida tomonlar bir qator hujjatlarni imzolaganini qayd etdi sport vazirligi rahbari. U qishki sport turlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratishini qo‘shimcha qildi.

«Bizda biatlon, xokkey va fristayl juda yaxshi rivojlangan. Shu bois O‘zbekiston tomoni ushbu sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlashda yordam ko‘rsatish so‘rovi bilan chiqdi», — dedi Kovalchuk.

Belarus tomoni boks va taekvondo kabi yo‘nalishlarda tajriba orttirish niyatida. Kovalchukning ta’kidlashicha, sportchilarning birgalikdagi mashg’ulotlari jahon miqyosidagi natijalarini yaxshilaydi.

Avvalroq, «Kursiv» o‘zbekistonlik sportchilar Parijdagi Paralimpiya o‘yinlariga 33 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.

Shuningdek