O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun dizel yoqilg‘isi yanada arzonroq bo‘ladi

eʼlon qilindi
Narxi 15 foizga pasayadi
Foto: rclassenlayouts?Depositphotos

Oʻzbekistonda dizel yoqilgʻisi 15 foizga arzonlashadi, dedi «Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov «Oʻzbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.

O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda kompaniya oldiga shunday vazifa qo‘ydi.

«Xarajatlarning asosiy qismlaridan biri (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda – kursiv qayd) qishloq xo‘jaligi faoliyatida foydalaniladigan dizel yoqilg‘isi narxi hisoblanadi. Davlat rahbari bir hafta muddatda birja savdolariga qo‘yilgan dizel yoqilg‘isi narxini 15 foizga arzonlashtirish vazifasini qo‘ydi», — dedi Sidiqov.

«O‘zbekneftgaz» rahbari bu masalani hal qilish uchun mahalliy xomashyodan dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni ko‘paytirish rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qildi. Buning uchun «Uzbekistan GTL» korxonasining quvvatlari jalb etiladi.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston korxonalari dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni ikki barobarga oshirganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek