Shavkat Mirziyoyev mehnat muhojirligidan qaytib kelgan toʻqimachilar bilan suhbatlashdi

eʼlon qilindi
Prezident “Asaka tekstil” klasterining toʻqimachilik korxonasi bilan yaqindan tanishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida «Asaka tekstil» klasterining toʻqimachilik korxonasi bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu ulkan majmua iqtisodiy kontrastning yorqin misoli. 2016-yilgacha bu yer tashlandiq joy boʻlgan. Keyinchalik bu yerda bosqichma-bosqich yangi binolar qurilib, 2022-yil avgustda ishga tushirildi. Bugungi kunda 83 million dollarlik loyiha evaziga xomashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan toʻliq «zanjir» tashkil etilgan.

Korxonaga Shveysariya, Italiya, Turkiya, Germaniya, Yaponiyadan uskunalar keltirib oʻrnatilgan. U yiliga 11 ming tonna ip-kalava, 8 ming tonna momiq va trikotaj mato, 12 ming tonna ip va matoni boʻyash, 6 ming tonna tayyor trikotaj va sochiq ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 3 ming 200 kishi ishlaydi.

Kelgusi yillarda klaster tomonidan Ulugʻnor tumanida 70 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash zavodi, tikuv-trikotaj va paypoq ishlab chiqarish korxonasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Ularda yana 1 ming 600 dan ziyod ish oʻrni ochiladi.

Shu yerda Andijon viloyati misolida paxta-toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi boʻyicha axborot berildi.

Shuningdek, korxonada ishlayotgan tikuvchi ayollar bilan suhbatlashdi. Ularning ayrimlari oʻz tumanida yuqori maoshli ish paydo boʻlgani uchun mehnat muhojirligidan qaytib kelgan.

Shuningdek