Yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun qanday yakunlandi
eʼlon qilindi
Musobaqa Eronda bo‘lib o‘tdi
Eronda yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati yakunlandi. Oʻzbekiston terma jamoasi toʻrtta medalni qoʻlga kiritdi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qoʻmitasi.
Yadro uloqtirishda Malika Nasriddinova va ko‘pkurashda Zaxriddin Shokirov kumush medallarni qo‘lga kiritishdi. Bronza – uch hatlab sakrashda Ivan Denisov va 400 m estafetada o‘zbekistonlik sportchi qizlar medallarga sazovor bo‘lishdi.
Avvalroq, «Kursiv» 2023-yilning iyun oyida yengil atletikachi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash bo‘yicha O‘zbekiston rekordini o‘rnatganini yozgan edi. U 8,22 m masofaga sakragan edi.
17-19 fevral kunlari yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlarda Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.