BBC: Ukrainadagi urushda 50 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Rossiya tarafidan
Foto: DmytryiOzhhikhiin / www.depositphotos.com

Ukrainadagi harbiy mojarolar chog‘ida Rossiya tarafidan 260 dan ortiq xorijlik halok bo‘lgan, ulardan 50 ga yaqini O‘zbekiston fuqarolari, deb xabar beradi BBC «Rus xizmati».

 «Hozirda roʻyxatimizda boshqa davlatlardan vafot etgan 265 kishi bor. Halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi sobiq ittifoq mamlakatlaridan kelgan, chunki bu davlatlarda aloqalar yaxshi ornatilgan. (…) Biz O‘zbekistondan 47 kishi halok bo‘lganini tasdiqladik», — dedi OAV muxbiri Olga Ivshina.

Uning qo‘shimcha qilishicha, janglarda Tojikistonning 51 fuqarosi ham halok bo‘lgan. BBC shuningdek, Iroq, Zambiya, Somali, Kuba va Nepaldan o‘lganlarni aniqladi.

Avvalroq, «Kursiv» o‘zbekistonliklar anonim tarzda ukrainaliklarga gumanitar yordam jo‘natganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek