FIFA “Bunyodkor” klubining Rivaldo va Denilson oldidagi qarzi bo‘yicha qaror qabul qildi

eʼlon qilindi
Tribuna.uz xabariga ko‘ra
Foto: Championatasia

Tribuna.uz xabariga ko‘ra, FIFA qarori bo‘yicha «Bunyodkor» futbol klubi Rivaldoga 8,1 mln, Denilsonga esa 1,1 mln yevro to‘lashi shart.

FIFA’ning 22-fevral kuni qabul qilgan qarori poytaxt futbol klubi 2017-yildagi tashkilotning nizolarni hal qilish palatasi qarorlarini bajarmaganidan dalolat beradi.

Klub Rivaldoga to‘lanmagan mukofot puli va shartnomani bekor qilganlik uchun tovon pulini qoplab berishi kerak. Denilsonga esa, to‘lanmagan bonuslar va kelishuv shartlari buzilganligi uchun tovon puli hamda yillik 5 foiz bonus to‘lashi shart.

«Bunyodkor»ga qarzni to‘lash uchun 30 kun muddat berildi, aks holda tegishli choralar ko’riladi. Bundan tashqari, klub har bir futbolchi uchun 30 ming Shveytsariya franki miqdorida jarimaga tortildi.

Bundan tashqari, yana 10 ming Shveytsariya franki arbitraj sud jarayoni uchun «Bunyodkor» to‘lashi kerak bo‘ladi.

Aytish joizki, futbol afsonasi Rivaldo 2008-2010-yillarda «Bunyodkor» klubiga muvaffaqiyat keltirgan. Rivaldo klub rangini himoya qilib, uch marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, Denilson esa Toshkent jamoasi tarkibida 2010-yil chempionlik kubogini qo‘lga kiritgan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘FA hisobchisi $350 ming talon-toroj qilib O‘zbekistondan qochib ketgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek