O‘zbekistondagi golf maydonlarida mahalliy elektromobillar harakatlanadi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Golf mashinalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish $1 mln baholanmoqda
Foto: «O‘zeltexsanoat»

O‘zbekistonda golf mashinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Loyiha qiymati $1 mln baholanmoqda, deb xabar beradi «O‘zeltexsanoat».

Global OSB kompaniyasi transport ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. O‘zR’da old peshona oynalar, bamperlar, kuzov qismlari, shassilarning himoya qoplamalari va o‘rindiqlar ishlab chiqarmoqchi.

Global OSB o‘tgan yili O‘zR’da ro‘yxatga olingan. Ta’sischisi Turkiyaning Global OSB Proje ve Yonetim Danismanlik Limited kompaniyasidir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hali birorta ham golf mashinalari ishlab chiqarilmagan. Biroq O‘zR elektromobillar ishlab chiqarishni rivojlantirishni maqsad qilgan. 2024-yil yanvar oyida Shenchjen shahrida Jizzax viloyatida gibrid va elektromobillarni ishlab chiqarish zavodini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Marosimda O‘zR rahbari Shavkat Mirziyoyev va BYD prezidenti Van Chuanfu ishtirok etdi.

Shuningdek