2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston qancha avtomobil import qildi
Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar oyida umumiy hisobda 10 237 dona yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi oʻrinni egalladi — 7571 dona. Keyingi oʻrinlarda Janubiy Koreya — 2373 va AQSh — 219 dona. Shuningdek, boshqa davlatlardan 74 dona yengil avtomobil import qilindi. Avtomobillarning umumiy qiymati boʻlsa, $222,8 million tashkil qiladi.
Maʼlumot uchun, 2023-yilining mos davrida Oʻzbekistonga xorijiy mamlakatlardan qiymati $58,3 million boʻlgan 2193 dona yengil avtomobil import qilingan. Bundan mamlakatda import qilingan avtoulovlar oylar kesimida qariyb 5 baravarga koʻpayganini koʻrish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yil Oʻzbekistonda 424 ming koʻproq avtomobil davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani haqida xabar bergan edi.